+998781136156 | Yangiliklar Aksiyalar
O'zbekiston
Pure-C 500 mg
New
#2185, Pure-C

Pure-C 500 mg

Klub narxi
287,500.00 UZS
-%
Sizning narxingiz
359,375.00 UZS
-%
Bonus ballar
14
Ishlab chiqarish shakli
60 ta o‘simlik kapsulalari
Soni
Ro‘yxatdan o‘tish
Tovarlar kelganligi haqida xabar berish
  • Tavsif
  • Qo‘llanma
  • Tarkibi

C vitaminining barcha qimmatli xususiyatlari yaxshi hazm bo‘ladigan va xavfsiz PUREWAY-C™ shaklida.


  • PUREWAY-C™ — C vitaminining patentlangan shakli
  • Vitamin С — inson salomatligi uchun muhim, muqobili yo‘q komponent hisoblanadi
  • 1 kapsulada 500 mg vitamin C

 

PUREWAY-C™ — so‘rilishi yaxshilangan C vitaminining zamonaviy patentlangan shakli. Hujayralarga C vitamini yetkazib berishni osonlashtiradigan o‘simlik yog‘ kislotalari aralashmasi va uni erta oksidlanishdan himoya qiluvchi sitrus bioflavonoidlari bilan birgalikda L-askorbin kislotasi shaklidagi C vitaminini o‘z ichiga oladi. Pureway-C™ oddiy askorbin kislotaga nisbatan tanada 233 foiz ko‘proq saqlanishi ilmiy jihatdan isbotlangan, shuningdek, oshqozonni bezovta qilmaydi va C vitaminining yuqori dozalariga xos bo‘lgan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarmaydi.

 

C vitamini inson tanasida sintez qilinmaydi va faqat oziq-ovqat va parhez qo‘shimchalari orqali kiradi. Bunda C vitamini suvda eriydigan vitaminlar turiga kiradi va inson tanasi uni kelajakda foydalanish uchun zaxira qila olmaydi, shuning uchun ushbu muhim modda muntazam ravishda organizga tushishi zarur. C vitamini kuchli antioksidant bo‘lib, hujayralarni oksidlovchi stress tufayli erta qarishdan himoya qiladi. C vitamini qon tomirlari, suyak va tishlar, tog‘ay, milklar, terining normal holati uchun zarur bo‘lgan kollagen sintezida ishtirok etadi. U immunitet va asab tizimlarining ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi, hujayralar tomonidan energiya ishlab chiqarishda ishtirok etadi va charchoq va holsizlik pasaytirishga yordam beradi.


Veganlar uchun mos

Soyasiz

Glutensiz

Qo‘llash usuli

Kuniga 1 kapsuladan ovqat bilan birga yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Komponentlarga nisbatan individual yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

Yaroqlik muddati

Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil

Saqlash usuli

Quruq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalangan, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda +25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang. Himoya stikeriga shikast yetgan bo‘lsa yoki mavjud bo‘lmasa, uni qo‘llamang.

Tarkibida

Pureway-C™ 500mg dan C vitamini (L-askorbin kislotasi), meva aralashmasi ekstraktidan sitrus bioflavonoidlari (Citrus sinensis, Citrus limon, Citrus aurantifolia, Citrus reticulata, Citrus tangerina), guruch qobig‘idan yog‘ kislotalari aralashmasi (Oryza sativa L.), yordamchi komponentlar.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

AQSh
  • Pure-C 500 mg
    Faol komponentlar
    Tarkibi Iste’molning mos darajasi %*
    PUREWAY-C Vitamin C (L-askorbin kislotasi)
    500 mg 556%**
    Yordamchi komponentlar: guruch uni (yopishib ketishga qarshi agent), kapsula (gidroksipropilmetiltsellyuloza); PUREWAY- C sitrus bioflavonoidlari, guruch yog'i (tashuvchi) dan tayyorlangan yog' kislotalari.
    * iste’molning mos darajasi %. O’zbekiston Respublikasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini belgilovchi Sanitariya Qoidalari va me’yorlarining 0366-19 sonli Gigienik me’yorlariga asosan .
    ** iste’mol uchun ruhsat etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan oshmaydi
BFQ DORI VOSITASI HISOBLANMAYDI

Kamerani QR kodga yo‘naltiring va yuklab oling

Coral Club ilovasida tovarlarga buyurtma bering va shaxsiy kabinetingizni boshqaring

Contact us
Help and training
Region code
Customer Service
Should you have any questions, please do not hesitate to contact us
Should you have any questions, please do not hesitate to contact us
Start chat
Sayt sahifasi avtomatik ravishda tarjima qilindi. Siz ushbu funksiyani brauzer sozlamalarida o‘chirib qo‘yishingiz yoki o‘zgartirishingiz mumkin.