-
Katalog
- Kompaniya
- Imkoniyatlar
Siz #COUNTRY mamlakati uchun buyurtmalarni qabul qiladigan saytdasiz#
Siz o‘z mamlakatingiz uchun mo‘ljallangan saytga kirishingiz mumkin: us.coral.club
O'simlik ekstraktlari va L-glutamin aminokislotalari kompleksi ovqatdan keyin oshqozon-ichak traktidagi noqulayliklarni yengishga yordam beradi va qulay hazm qilishni qo'llab-quvvatlaydi.
Patentlangan Mucosave® kompleksi
Opunsiya bandi (poyalari) ekstrakti va zaytun barglari ekstraktining sinergik kombinatsiyasi. Quyoshli Sitsiliyadan bo`lgan bu o'simliklar ko'p yillar davomida oshqozondagi noqulaylik uchun ishlatiladi. Opunsiya bandidan olingan polisaxaridlar oshqozon va ichak devorlarida gelga o'xshash himoya qoplamasini hosil qilib, shilliq qavatni tiklashga yordam beradi. Zaytun barglaridan olingan polifenollar yumshatuvchi va tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Klinik tadqiqotda Mucosave® gastroezofageal reflyuksi (GER) bor sog'lom kattalarda oshqozon-ichak traktidagi noqulaylikni kamaytirishda samarali ekanligi ko'rsatildi.
Qizilmiya ildizi ekstrakti (diglisirrizinlangan)
Qizilmiya eng qadimiy dorivor oʻsimliklardan biri boʻlib, Xitoy, Hindiston, Tibet va Misr shifokorlarining sevimli vositasi hisoblanadi. Qizilmiya ildizida shilliq qavatning yaxlitligini va oshqozon-ichak mikroflorasi muvozanatini saqlaydigan flavonoidlar va shilliq moddalar mavjud.
L-glutamin
Ushbu aminokislota hujayralar uchun qurilish materiali va energiya manbai bo‘lib, shilliq pardalarni tiklashga va ularning to‘siq funksiyasini saqlab turishga yordam beradi.