-
Katalog
- Kompaniya
- Imkoniyatlar
Siz #COUNTRY mamlakati uchun buyurtmalarni qabul qiladigan saytdasiz#
Siz o‘z mamlakatingiz uchun mo‘ljallangan saytga kirishingiz mumkin: us.coral.club
Tabiiy kalsiy va uning organizm tomonidan so'rilishini va suyak to'qimalaridagi metabolik jarayonlarini yaxshilaydigan sinergik vitaminlar va minerallar manbai,
Aquamin™ dan olingan kalsiy
Kalsiy -suyaklar va tishlarning asosiy tarkibiy qismi bo'lib, ularning mustahkamligi va bardoshliligini belgilaydi. Qon oqimida tashiladigan kalsiy yurak va skelet mushaklari uchun normal qisqarish uchun zarur, bundan tashqari, kalsiy qon ivishi va energiya ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi.
Aquamin™- Shimoliy Atlantika tubidagi dengiz o'tlaridan (Lithothamnion sp.) olingan tabiiy kalsiy manbai. Bu suv o'tlari dengiz suvidan minerallarni (asosan kalsiy va magniy va boshqa dengiz minerallarining juda oz miqdorini) o'zlashtirib oladi va ularni o'z qatlam hujayralariga birlashtiradi, shunda ular tosh chidamliligiga ega bo'ladilar.
Vitamin D3
Oziq-ovqatdan kalsiyning so‘rilishini yaxshilaydi va uning qondagi me`yoriy darajasini saqlab turishga yordam beradi. D3 vitamini suyaklar va tishlar salomatligi uchun, shuningdek, immunitet tizimi va mushaklar funksiyalarini me`yorida bajarishi uchun zarurdir.
Vitamin K2 (menaxinon)
Yangi suyak toʻqimasini shakllantirishda ishtirok etuvchi va suyaklar va tishlar salomatligi uchun muhim boʻlgan K vitaminining faol shakli. Tarkibida K2 vitaminining klinik jihatdan tasdiqlangan va patentlangan shakli - MenaQ7®** mavjud.
Magniy
Kalsiyning so‘rilishida ishtirok etadi, shu bois, suyaklar va tishlar salomatligi uchun muhimdir. Suyakning organik moddalarining muhim qismini tashkil etuvchi va uning moslashuvchanligini belgilaydigan kollagen oqsilining sintezida ishtirok etadi. Kalsiy bilan birgalikda mushaklarning (jumladan, yurak) ""qisqarish-bo'shashish"" jarayonini tartibga soladi. Hujayralar tomonidan energiya ishlab chiqarishda ishtirok etib, charchoq va holdan toyishni kamaytirishga yordam beradi. Asab tizimining normal ishlashini va emotsional muvozanatni qo'llab-quvvatlaydi. Mahsulot tarkibidagi magniy organik birikma - magniy sitrat va Aquamin™ kompleksining tabiiy noorganik birikmasi shaklida taqdim etilgan.
Sink
Suyak sog'lig'i va tishlarini qo'llab-quvvatlaydi, suyak to'qimalarining noorganik va organik qismlarining shakllanishini rag'batlantiradi. Bundan tashqari, sink yangi hujayralar paydo bo'lishida, immunitetning shakllanishida ishtirok etadi, A vitaminining so'rilishiga yordam beradi va shu bois, terining yangilanishida rol o'ynaydi. Mahsulotda organik birikma sink sitrat taqdim etilgan.
Marganets
Marganets bo'g'imlar, suyaklar va terining salomatligiga hissa qo'shadi va o`z navbatida biriktiruvchi to'qimalarning shakllanishida ishtirok etadi.
Kremniy
Kremniy asosan biriktiruvchi to'qimalarda uchraydi: qon tomirlari devorlari, paylar, suyaklar, teri. Mahsulot tarkibida kelib chiqishi tabiiy(dala qo`shbo`g`imidan olingan) kremniy mavjud.
Bor
Asosiy miqdori skelet va tishlarda jamlangan mikroelementi. Bor miqdorining kamayishi minerallar almashinuvi va suyak toʻqimalarining holati yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
*Aquamin™ — Marigot Limitedning roʻyxatdan oʻtgan savdo belgisi (Irlandiya)
**MenaQ7 ® - NattoPharma AS (Norvegiya) ning ro'yxatdan o'tgan savdo belgisi